Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektron hisobvaraq-fakturalar “past” va “yuqori” xavf toifalariga ajratiladi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan elektron hisobvaraq-fakturalarning (EHF) xavf darajasini aniqlash hamda ularda aks ettirilgan operatsiyalar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) to‘lash tartibini belgilaydigan nizom tasdiqlandi.
Hujjatda EHFlar tovar (xizmat)lar bitta yetkazib berish zanjiri bo‘yicha xavf darajasini baholash, ularni toifalarga ajratish hamda xavf darajasiga qarab EHF bo‘yicha QQSni to‘lash va hisobga olish xususiyatlari nazarda tutilgani qayd etilgan.
Nizomga ko‘ra, axborot tizimi orqali yuqori xavf deb topilgan EHF ulushi hisobot davrida QQS to‘lovchilari tomonidan rasmiylashtirilgan jami EHF sonining 10 foizidan oshmasligi kerak.
Ma’lum qilinishicha, EHFning xavf darajasi mezonlarini O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi belgilaydi. EHF esa axborot tizimida belgilangan har bir mezon bo‘yicha ballar yig‘indisi asosida avtomatik tarzda baholanib, umumiy ballga ko‘ra “past xavf” va “yuqori xavf” toifalariga ajratiladi.
Shuningdek, Soliq qo‘mitasi xavf darajasini hisobga olgan holda EHFning markazlashtirilgan elektron reyestrini yuritishi belgilangan.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026