Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahallalarda muammolarni hal etish uchun mablag‘lar kamida 3 baravar oshiriladi
“O‘zbekiston–2030” strategiyasi loyihasida aholi farovonligini oshirish va hududlarda kundalik muammolarni hal etishda mahallani jamoatchilik hamda davlat organlari o‘rtasidagi “tayanch ko‘prik” sifatida mustahkamlash rejalashtirilgan. Xususan, aholi tashabbusi bilan infratuzilmani yaxshilash uchun mablag‘larni 24 trln so‘mga yetkazish, mahalla budjetini aholi ovozi asosida loyihalarga yo‘naltirish, mahallalarda 100 dan ortiq davlat xizmatini “bir qadam”da ko‘rsatish hamda jarayonlarni to‘liq raqamlashtirish nazarda tutilmoqda.
“O‘zbekiston–2030” strategiyasi loyihasida mahalla institutini hududlardagi kundalik masalalarni hal etishda aholi, jamoatchilik va davlat organlarini bog‘lab turuvchi asosiy bo‘g‘inga aylantirish vazifasi belgilangan.
Loyihada qayd etilishicha, 359-band doirasida aholi tashabbusi bilan infratuzilmani yaxshilashga ajratiladigan mablag‘lar hajmini 24 trillion so‘mga yetkazish ko‘zda tutilgan. Bu orqali mahallalardagi yo‘l, yoritish, ichimlik suvi, obodonlashtirish kabi dolzarb infratuzilma ehtiyojlarini kengroq moliyalashtirish maqsad qilingan.
Shu bilan birga, 360-bandga muvofiq, mahallalarda mablag‘larni aholining ovoziga ko‘ra infratuzilma loyihalariga yo‘naltirish amaliyotini joriy etish rejalashtirilmoqda. Ushbu yondashuv asosida mahallalardagi muammolarni hal etish uchun ajratiladigan mablag‘lar miqdorini kamida 3 baravar ko‘paytirish vazifasi qo‘yilgan.
Loyihaning 361-bandida esa mahallalarda aholiga qulaylik yaratish maqsadida 100 dan ortiq davlat xizmatlarini “bir qadam”da ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish nazarda tutilgan. Bu xizmatlarni aholiga yaqinlashtirish, ortiqcha sarsongarchilikni kamaytirishga qaratilgan.
Raqamli yo‘nalishda ham qator maqsadlar belgilangan. Xususan, 362-band bo‘yicha raqamlashtirilgan arxiv materiallari ulushini 80 foizgacha oshirish rejalashtirilgan. Bu hujjatlar bilan ishlashda tezkorlik va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qilishi kutilmoqda.
Shuningdek, 363-bandda mahallalarda aholi bilan ishlashga qaratilgan jarayonlarni 100 foiz raqamlashtirish, har bir mahallada “elektron xizmat nuqtalari”ni ishga tushirish vazifasi belgilangan. Maqsad — murojaatlarni qabul qilish, ma’lumot berish va xizmatlardan foydalanish jarayonlarini yanada soddalashtirish hamda aholiga qulay infratuzilmani yaratish.
Mavzuga oid
08:58 / 09.04.2026
Mahallalarda xavfsizlikni ta’minlashda yangi model joriy etiladi
20:38 / 19.03.2026
Prezident mahalla tizimining bir guruh xodimlarini taqdirladi
14:46 / 10.02.2026
Mahallalarda tadbirkorlikni boshlash uchun 50 mln so‘mgacha garovsiz mablag‘ ajratiladi
15:31 / 24.01.2026