Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat organlari faoliyati ustidan sud nazorati kuchaytiriladi
“O‘zbekiston–2030” strategiyasi loyihasida davlat organlari faoliyati ustidan sud nazoratini kuchaytirish, ma’muriy adliya tizimini rivojlantirish, sudga qadar nizolarni hal etish samaradorligini oshirish hamda sud tizimida elektron xizmatlar va gender tenglik bo‘yicha ko‘rsatkichlarga erishish vazifalari belgilangan.
“O‘zbekiston–2030” strategiyasi loyihasida davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o‘rnatish hamda ma’muriy adliya tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha maqsadlar ko‘zda tutilgan. Jumladan, sudga qadar bosqichda nizolarni hal qilish samaradorligini 50 foizga oshirish hamda sudga qadar hal etilishi mumkin bo‘lgan nizolar yuzasidan sudlarga kelib tushadigan ishlar sonini 50 foizga kamaytirish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, sud hokimiyatining mustaqilligini kuchaytirish va uning faoliyatida ochiqlikni ta’minlash orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish vazifasi ham qayd etilgan. Ushbu yo‘nalishda ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni ko‘rib chiqish natijalari ustidan sudlarga yuborilayotgan shikoyatlarning 50 foizini elektron shaklda kelib tushishiga erishish belgilangan.
Bundan tashqari, fuqarolarga odil sudlovga erishishda qulay imkoniyatlar yaratish maqsadida yangi interaktiv xizmatlar sonini 21 taga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Strategiya loyihasida sud tizimida gender tenglikni ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirish orqali ayol sudyalar ulushini kamida 30 foizga yetkazish vazifasi ham nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
09:18 / 06.02.2026
Davlat organlarining murojaatlar bilan ishlash faoliyati baholanadi
13:50 / 22.09.2025
Davlat organlarida ishlayotgan barcha xodimlar maxsus portalda ro‘yxatdan o‘tadi
07:40 / 02.08.2025
Davlat organlarida ijro intizomini mustahkamlash qanday amalga oshiriladi?
13:07 / 08.04.2021