Farmonga köra, Özbekistonda aholi va qişloq xöjaligini röyxatga oliş 2026 yil 15 yanvar holatiga köra 2026 yil 15 yanvardan 28 fevralga qadar ötkaziladi.
Röyxatga oliş tadbirini ötkazişni taşkil etiş böyiça respublika komissiyasi tuziladi.
Röyxatga oliş tadbiri “mahalla yettiligi” tizimi xodimlarini 2025 yil 15 dekabrdan 2026 yil 1 martgaça bölgan davrda jalb etiş orqali ötkaziladi.
Bunda Özbekiston mahallalari uyuşmasi Milliy statistika qömitasi hamda mas’ul idoralar bilan birgalikda “mahalla yettiligi” tizimi xodimlarini planşetlardan foydalangan holda röyxatga oliş tadbiri ötkazilişini ta’minlaydi.
Şuningdek, davlat organlari va taşkilotlari 2026 yil 15 yanvardan 31 yanvargaça öz tizimida faoliyat yuritayotgan barça xodimlarning census.stat.uz portalida röyxatdan ötişini ta’minlaydi.
Bundan taşqari, tuman (şahar)larda röyxatga oliş ştablari taşkil etiladi va ularning faoliyati nazorat qilinadi.












