Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qaroriga kiritilgan qöşimçalarga muvofiq, “Davlat organlari, davlat muassasalari va davlat iştirokidagi taşkilotlar hamda ularning mansabdor şaxslarining jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş faoliyatini baholaş va toifalaş töğrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizom talablari prezident virtual qabulxonasi tizimida röyxatdan ötkazilib, davlat organlariga ijro uçun yönaltirilgan murojaatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Bunda davlat organlarining murojaatlar bilan işlaş faoliyati quyidagi körsatkiçlar asosida tahlil qilinadi:
- röyxatga olingan murojaatlar;
- qanoatlantirilgan;
- rad etilgan;
- ijro muddatlari buzilgan;
- takroriy murojaatlar.
Tahlil natijasiga köra taşkilotlar faoliyati 3 toifaga ajratiladi:
🟢 yaşil — yuqori natijadorlik;
🟡 sariq — örta natijadorlik;
🔴 qizil — past natijadorlik.
Şuningdek, baholaş natijasiga köra mansabdor şaxslarning KPI körsatkiçlari:
- yaşil toifa — 100 foiz;
- sariq toifa — 50 foiz;
- qizil toifa — 10 foiz etib belgilanadi.
Ma’lum qilinişiça, “qizil” toifaga kiritilgan davlat organlarining rahbarlari yoki ularning tegişli örinbosarlariga nisbatan intizomiy ta’sir çoralari körilişi mumkin.












