Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq «Lukoyl»ning eng yirik xorijiy aktivini milliylashtiradi
Iroq hukumati Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasiga 75 foiz tegishli bo‘lgan va uning eng yirik xorijiy aktivi hisoblangan «G‘arbiy Kurna - 2» neft konidagi operatsiyalarni milliylashtirish rejasini ma’qulladi.
Reuters xabariga ko‘ra, bir yil davomida konni boshqarishni Iroqning Basra Oil davlat kompaniyasi o‘z zimmasiga oladi, deb ma’lum qildi agentlikka kompaniyaning ikki vakili. Shu tariqa, Iroq rasmiylari AQSh «Lukoyl»ga qarshi joriy etgan sanksiyalar fonida murakkab vaziyatdan chiqib ketmoqchi, deb ta’kidladi Reuters.
«Bizning maqsadimiz - Iroqda AQSh sanksiyalari bilan bog‘liq noaniqlik mavjud bo‘lgan paytda ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlash va 12 oy davomida «Lukoyl» ulushiga ehtimoliy xaridorlarni qidiramiz», dedi ulardan biri.
Basra Oil ushbu konni nazoratiga olgach, ishchilarga ish haqi to‘laydi, pudratchilar mehnatiga haq to‘laydi va boshqa operatsion xarajatlarni o‘z zimmasiga oladi, dedi Reuters suhbatdoshlaridan biri. Uning so‘zlariga ko‘ra, qazib olish kuniga 465 - 480 ming barrel atrofida barqaror bo‘lib qolmoqda.
«G‘arbiy Kurna - 2» - dunyodagi eng yirik neft konlaridan biri. U jahon neft ta’minotining taxminan 0,5 foizini va Iroqdagi qazib olishning 9 foizini ta’minlaydi. «Lukoyl» 2009 yildan beri konni o‘zlashtirish bilan shug‘ullanadi. 2014 yildan boshlab Rossiya kompaniyasi u yerda tijorat maqsadlarida neft qazib olishni boshladi.
Noyabr oyida «Lukoyl» AQSh sanksiyalari ostiga tushgach, konda fors-major holatini e’lon qildi. Endi «Lukoyl» 17 yanvarga qadar aktivlarni sotish bo‘yicha bitim tuzishi kerak. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, sotib olishga o‘nga yaqin investorlar, jumladan, Amerikaning Exxon Mobil, Chevron neft gigantlari va Carlyle xususiy investitsiya kompaniyasi qiziqish bildirmoqda.
Mavzuga oid
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
16:29 / 23.06.2026
Sverdlovsk oblastida quyun hodisasi kuzatildi – fotolar
10:30 / 23.06.2026
Jurnalistlar: Ukraina urushida kamida 227 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan
08:55 / 23.06.2026