Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noqulay iqlim sharoiti uchun ustama: qaysi hududlarda va qancha?
Qonunchilikka muvofiq, Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari hamda Konimex tumani Zafarobod shaharchasidagi budjet tashkilotlari xodimlariga noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun kompensatsiya xususiyatiga ega oylik ustama to‘lanadi. Ustama miqdori budjet tashkilotidagi ish stajiga qarab tarif stavkasi (lavozim maoshi)ga nisbatan 0,25–0,75 koeffitsiyentda belgilangan.
Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 8 apreldagi 206-son qarori bilan mazkur hududlardagi budjet tashkilotlari xodimlariga ustama to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan. Nizomda ustama miqdorlari, ish stajini hisoblash hamda ustamani hisoblash-to‘lash qoidalari belgilangan.
Ustama quyidagi hududlardagi budjet hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar xodimlariga tegishli:
- Uchquduq shahri;
- Zarafshon shahri;
- Nurobod shahri;
- Konimex tumani Zafarobod shaharchasi.
Nizomga ko‘ra, oylik ustama budjet tashkilotlaridagi ish stajidan kelib chiqib quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
- 3 yilgacha ish staji — tarif stavkasi (lavozim maoshining) 0,25 koeffitsiyenti;
- 3 yildan 5 yilgacha — 0,5 koeffitsiyent;
- 5 yildan ortiq — 0,75 koeffitsiyent.
Eslatma: 2-banddagi ayrim xatboshilar 2025 yil 7 noyabrdagi 709-son qaror tahririda keltirilgani ham ko‘rsatilgan.
Belgilangan miqdordagi oylik ustamani olish huquqi xodim budjet tashkilotida ishlashni boshlagan vaqtdan yuzaga keladi.
Oylik ustamaga huquq beruvchi ish stajiga, jumladan:
- ushbu shahar(shaharcha)lardagi budjet tashkilotlarda ishlagan davr;
- xodim haqiqatda ishlamagan bo‘lsa ham, qonunchilikka ko‘ra ish joyi (lavozimi) saqlangan ayrim davrlar kiritilishi belgilangan.
Oylik ustama budjet mablag‘lari hisobidan ish haqi oluvchi xodimning oylik tarif stavkasi yoki lavozim maoshidan kelib chiqib hisoblanadi.
Shuningdek, ustama shu oyda ishlagan vaqti uchun va qonunchilikka asosan xodimning oylik ish haqi to‘liq yoki qisman saqlangan ayrim davrlari uchun ham to‘lanishi qayd etilgan.
Mavzuga oid
14:47 / 30.12.2025
2026 yil budjeti ijrosi bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlandi
14:20 / 30.12.2025
Ijtimoiy soliq tushumlarini taqsimlash miqdorlari belgilandi
15:47 / 27.12.2025
1 yanvardan maktab direktorlari va o‘rinbosarlariga KPI asosida oylik ustama to‘lanadi
08:36 / 27.12.2025