Jamiyat | 22:36 / 08.01.2026
7556
2 daqiqa o‘qiladi

Yangiyo‘lda go‘shti uchun itini o‘ldirgan fuqaro ushlandi

Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlikda gumonlanayotgan shaxs ustidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahrida go‘shtini yeyish uchun itini o‘ldirgan fuqaro ushlandi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB xabar berdi.

Qayd qilinishicha, hodisa haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqalgach, IIBB tomonidan o‘rganilgan. Holat 2025 yil sentabr oyida Yangiyo‘l shahri «Sabo» mahallasida yashovchi, 27 yoshli fuqaro tomonidan sodir etilgani aniqlangan.

Ta’kidlanishicha, u ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlangan. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 111-moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatilishcha, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, ularning o‘limiga yoxud mayib bo‘lishiga olib kelsa — BHM o‘n baravarigacha miqdorda jarima yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa sabab bo‘ladi.

Avvalroq, Yangiyo‘lda fuqaro o‘z itini go‘shti uchun o‘ldirgani haqida «Mehr va oqibat» hayvonlarni himoya qilish jamiyati xabar bergan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro bunday harakatlarni doimiy ravishda amalga oshirgan.

Mavzuga oid