Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Neft dengizi ustidagi qashshoqlik: Venesuela paradoksi
Venesuela dunyodagi eng katta neft zaxiralariga ega, biroq bugun uning global energetika bozorlaridagi o‘rni o‘tgan o‘n yilliklarga nisbatan mutlaqo nomutanosib darajada kichik.
AQSh va Saudiya Arabistoni kabi davlatlar neftni kunlik qazib chiqarish hajmlari bo‘yicha yetakchilik qilayotgan bir paytda, Venesuelada ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari so‘nggi o‘n yilliklar davomida izchil ravishda pasayib kelmoqda.
Ushbu vizualizatsiya eng yirik ishlab chiqaruvchi mamlakatlarning isbotlangan neft zaxiralarini taqqoslaydi. “Zaxira” deganda — joriy sharoitlarda iqtisodiy jihatdan qazib olinishi mumkin bo‘lgan neft hajmi tushuniladi. Ma’lumotlar manbai — OPeKning 2025 yilgi Annual Statistical Bulletin nashri.
Venesuela taxminan 303 milliard barrel isbotlangan neft zaxirasiga ega — bu dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib, hatto Saudiya Arabistonidan ham ancha yuqori. Mamlakat hissasiga jahon zaxiralarining taxminan 17 foizi to‘g‘ri keladi. Ushbu resurslarning asosiy qismi Orinoko daryosi havzasi (Orinoko poyasi)da jamlangan.
Resurs jihatidan katta ustunligiga qaramay, 2024 yilda Venesuela neft qazib chiqarish hajmi bo‘yicha dunyoda atigi 21-o‘rinni egalladi — kuniga taxminan 960 ming barrel ishlab chiqargan.
Eng yuqori cho‘qqisi 1970-yillarda mamlakat kuniga 3,5 million barrelgacha neft qazib chiqargan, bu o‘sha paytdagi jahon umumiy qazib chiqarishining 7 foizidan ko‘prog‘ini tashkil etgan. 2010-yillarda esa ishlab chiqarish keskin qisqardi va o‘tgan yili o‘rtacha 1,1 million barrel/sutka atrofida bo‘ldi — bu global hajmning taxminan 1 foiziga teng.
Sanoatga yillar davomida yetarli sarmoya kiritilmagani va xalqaro sanksiyalar Venesuelaning neft sektorini rivojlantirish imkoniyatlarini jiddiy chekladi. Ayrim g‘arb kompaniyalari, jumladan Chevron ham mamlakatda ishlashda davom etayotgan bo‘lsa-da, sanksiyalar rejimi kengayishi va eksportga cheklovlar kuchayishi ortidan ularning ishtiroki sezilarli darajada qisqardi.
Venesuela OPeKning asoschi davlatlaridan biri bo‘lgan (Eron, Iroq, Kuvayt va Saudiya Arabistoni bilan bir qatorda), ammo qazib chiqarish pasayib borishi bilan tashkilot ichidagi uning ta’siri ham sezilarli ravishda susaydi.
Mavzuga oid
14:07 / 14.06.2026
Tramp Venesueladagi narkokartel rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
17:02 / 03.05.2026