Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya AQShdagi UFC turniri sababli G7 sammiti muddatini o‘zgartirdi
O‘tgan yili Parij 2026 yilning 14-16 iyun kunlari yuqori darajadagi G7 sammiti o‘tkazilishini ma’lum qilgandi. Oktyabrda AQSh prezidenti Donald Tramp 14 iyun kuni Oq uyda UFC turniri o‘tkazilishini e’lon qildi.
Fransiya Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan UFC turniri sababli “Katta yettilik” sammiti o‘tkaziladigan sanani o‘zgartirdi. Bu haqda Politico gazetasi xabar berdi.
O‘tgan yili Parij 2026 yilning 14-16 iyun kunlari yuqori darajadagi G7 sammiti o‘tkazilishini ma’lum qilgandi. Oktyabrda AQSh prezidenti Donald Tramp 14 iyun kuni Oq uyda UFC turniri o‘tkazilishini e’lon qildi.
Natijada sammit 15-17 iyun kunlariga ko‘chirildi.
Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron matbuot xizmati nashrga tadbir sanasi ko‘chirilishi sabablarini ma’lum qilmagan.
Oq uy vakilining so‘zlariga ko‘ra esa, "hamkorlar prezident Trampning G7 sammitida ishtirok etishini juda muhim deb hisoblashgani uchun AQSh prezidentining ish jadvalini hisobga olib muddatni bir kunga surishgan".
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Oq uydagi UFC turniri AQSh mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilinganining 250 yilligi tantanalari doirasida o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
08:43 / 09.07.2026
Pavel Durov Parijda yana so‘roq qilindi
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
09:45 / 01.07.2026