Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hududlar reytingi: oziq-ovqat ishlab chiqarishda Toshkent shahri yetakchi bo‘ldi
2025 yil yanvar–noyabr oylarida mamlakatda 128,6 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri, Samarqand va Toshkent viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi.
Milliy statistika qo‘mitasi 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari hajmi bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etdi. Unga ko‘ra, hisobot davrida mamlakatda 128,6 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Hududlar kesimida ishlab chiqarish hajmi quyidagicha qayd etilgan:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 5,8 trln so‘m;
- Andijon viloyati — 7,6 trln so‘m;
- Buxoro viloyati — 9,6 trln so‘m;
- Jizzax viloyati — 2,9 trln so‘m;
- Qashqadaryo viloyati — 9 trln so‘m;
- Navoiy viloyati — 6,6 trln so‘m;
- Namangan viloyati — 6,8 trln so‘m;
- Samarqand viloyati — 17,3 trln so‘m;
- Surxondaryo viloyati — 2,8 trln so‘m;
- Sirdaryo viloyati — 4,6 trln so‘m;
- Toshkent viloyati — 17,2 trln so‘m;
- Farg‘ona viloyati — 9,4 trln so‘m;
- Xorazm viloyati — 4,9 trln so‘m;
- Toshkent shahri — 24 trln so‘m.
Qayd etilishicha, mazkur davrda eng katta ulush Toshkent shahri (24 trln so‘m) hissasiga to‘g‘ri kelgan. Keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati (17,3 trln so‘m) va Toshkent viloyati (17,2 trln so‘m) qayd etilgan.
Mavzuga oid
16:52 / 02.01.2026
Ertangi kun texnologiyasi – bugun. Super zamonaviy 5-avlod issiqxonasiga sayohat
15:20 / 27.12.2025
Eksportga mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsulotlariga salomatlik sertifikati beriladi
08:55 / 27.12.2025
Eng ko‘p sanoat korxonasi oziq-ovqat va nometall mineral mahsulotlar sohasida
09:21 / 04.12.2025