Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyev Donbassda erkin iqtisodiy zona tashkil etish taklifini o‘rganmoqda
Volodimir Zelenskiy aytishicha, Ukraina ehtimoliy yarashuv (otashkesim) holatida Vashington taklif qilayotgan - Donbassda maxsus huquqiy va soliq rejimida ishlaydigan erkin iqtisodiy zona (EIZ) tashkil etish rejasini ko‘rib chiqmoqda.
Foto: Ukrainian Presidential Press Service/REUTERS
Ukraina ehtimoliy yarashuv (otashkesim)dan keyin Donbassda erkin iqtisodiy zona (EIZ) tashkil etish haqida AQSh taklif qilgan rejani ko‘rib chiqmoqda, dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Bloomberg agentligiga bergan intervyusida. Uning ta’kidlashicha, bu rejani amalga oshirish Rossiya tomonidan ham simmetrik qadamlarni talab qiladi va Ukraina ichida keng muhokamani taqozo etadi.
Qo‘shinlar olib chiqilgandan keyin ozod etilgan hududlarda tashkil etilishi mumkin bo‘lgan zona maxsus huquqiy va soliq rejimi asosida ishlaydi. “Format murakkab, ammo adolatli”, — deya qayd etdi Zelenskiy.
Ukraina prezidenti, shuningdek, muqobil ssenariyni ham tilga oldi: u qo‘shinlar olib chiqilmasdan janglarni to‘xtatishni, keyin esa bahsli masalalarni diplomatik yo‘l bilan hal etishni nazarda tutadi. Biroq Zelenskiyning aytishicha, Rossiya harakatlari Kremlning haqiqiy diplomatiyaga tayyor emasligini ko‘rsatmoqda.
Bundan tashqari, Volodimir Zelenskiy Ukraina hech qachon bosib olingan hududlarni Rossiyaniki deb tan olmasligini ta’kidladi — hatto to‘liq suverenitetni tiklash kelajakda amalga oshsa ham. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tomoni hududlar bo‘yicha takliflarga doir o‘z izohlarini Amerika jamoasiga yetkazgan va endi Moskvadan javob kutib turibdi.
Yevropa yetakchilarining Moskva bilan muloqotni qayta tiklash zarurligi haqidagi so‘nggi bayonotlari to‘g‘risidagi savolga javoban Zelenskiy bunday aloqalarga qarshi emasligini aytdi. “Men Yevropaning Rossiya bilan gaplashishiga qarshi emasman, ayniqsa hozir — AQSh tomonidan bosim bor paytda va Yevropa xavfsizlik kafolatlari haqida gapira boshlaganida. Biz yakuniy bosqichga yaqinlashyapmiz, hatto hozircha u aynan qanday ko‘rinish olishini bilmasak ham”, — dedi Ukraina prezidenti.
Mavzuga oid
16:48
Tramp Ukraina uchun 800 milliard dollarlik kelishuv tayyorlamoqda
11:34 / 10.01.2026
Volgograd viloyatida dron hujumidan so‘ng neft bazasi yonmoqda
19:19 / 09.01.2026
Ukraina bilan urush davomida Rossiya 19 nafar generalini yo‘qotdi
15:20 / 09.01.2026