Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston U23 jamoasi Osiyo Kubogidagi ikkinchi bahsda durang o‘ynadi
Endi uchinchi turda o‘zbekistonliklar Janubiy Koreya bilan o‘yinda ham ochko olishi kerak bo‘ladi.
Osiyo Kubogining 2-tur o‘yinida O‘zbekiston U23 terma jamoasi Eron yoshlari bilan kuch sinashdi.
O‘yin 0:0 hisobidagi golsiz durang bilan yakunlandi.
Mazkur bahsdan so‘ng O‘zbekiston U23 terma jamoasi 4 ochko bilan guruhda 2-o‘rinda bormoqda.
Ravshan Haydarov shogirdlari 1-turda Livanni mag‘lub etgandi (3:2), Janubiy Koreya U-23 jamoasi ham 4 ochkoga ega, lekin to‘plar nisbatiga ko‘ra birinchi o‘rinda joylashgan. Eron esa 2 ochko bilan guruhda 3-o‘rinda bormoqda.
Guruh bosqichining so‘nggi turida O‘zbekiston Janubiy Koreya bilan, Eron esa Livan U-23 jamoasi bilan kuch sinashadi. Ikkala o‘yin ham 13 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi (o‘yinlar 16:30 da boshlanadi). Chorakfinalga to‘rtta guruhdan ikkitadan eng yaxshi jamoa chiqadi.
Turnirda 16 ta jamoa ishtirok etmoqda va 2003 yil 1 yanvarda va undan keyin tug‘ilgan futbolchilar ishtirok etish huquqiga ega.
U23 Osiyo Kubogi 2013 yildan beri o‘tkazilmoqda. Unda Yaponiya yoshlari 2 marta g‘olib chiqqan (oxirgisi 2024 yilda). Shuningdek, Iroq, O‘zbekiston, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni hisobida bittadan g‘alaba bor.
Joriy U-23 Osiyo kubogi so‘nggi noolimpiya musobaqasi bo‘ladi — keyingi sikldan boshlab turnir har to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026