Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamoqxona statistikasi: qaysi mamlakatda mahbuslar ko‘p?
Deyarli dunyodagi barcha mamlakatlarda penitensiar muassasalar - qamoqxonalar, koloniyalar va tergov hibsxonalari mavjud. Infografikada mahbuslar soni eng ko‘p bo‘lgan mamlakatlar ko‘rsatilgan.
Foto: REUTERS
Prison Policy Initiative ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda dunyo bo‘ylab 9,4 million nafar mahbus bo‘lgan. Mahbuslarning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i ikki mamlakat — Xitoy va AQSh hissasiga to‘g‘ri keladi.
Umumiy mahbuslar soni bo‘yicha yetakchi mamlakat — Xitoy (1,95 million nafar). Keyingi o‘rinlarda AQSh, Braziliya, Hindiston va Rossiya joylashgan.
Biroq mahbuslar sonini aholi sonidan uzilgan holda baholab bo‘lmaydi. 100 ming aholiga to‘g‘ri keladigan mahbuslar soni bo‘yicha Salvador yetakchi — 1086 nafar. Demak, mamlakat aholisining 1 foizdan ortig‘i qamoqda saqlanmoqda.
100 ming aholiga nisbatan mahbuslar soni bo‘yicha yetakchilar qatoriga Kuba va Ruanda ham kirgan. AQSh esa bu reytingda to‘rtinchi o‘rinda joylashgan.
O‘zbekiston qamoqda saqlanayotganlar umumiy soni (tergovdagi/sudgacha hibsdagilar bilan): taxminan 29 000 nafar (2022 yil yanvar holati).
100 ming aholiga to‘g‘ri keladigan mahbuslar (inkaseratsiya ko‘rsatkichi): 85 nafar (2022 yil yanvar, hisob-kitob paytida aholi 34 mln deb olingan).
World Prison Brief ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil: 22 827 mahbus, 100 ming aholiga 68 nafar, 2022 yil yanvar: 29 000 mahbus, 100 ming aholiga 85 nafar
Mavzuga oid
12:18 / 10.01.2026
Statistika: 2025 yilgi tibbiy turizm ko‘rsatkichlari e’lon qilindi
10:02 / 09.01.2026
Top-10: o‘zbekistonliklar o‘qish uchun qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
15:44 / 08.01.2026
Qurilish statistikasi: 27,7 trln so‘mlik ishlar bajarildi
14:04 / 07.01.2026