Prison Policy Initiative ma’lumotlariga köra, 2024 yilda dunyo böylab 9,4 million nafar mahbus bölgan. Mahbuslarning uçdan bir qismidan köproği ikki mamlakat — Xitoy va AQŞ hissasiga töğri keladi.
Umumiy mahbuslar soni böyiça yetakçi mamlakat — Xitoy (1,95 million nafar). Keyingi örinlarda AQŞ, Braziliya, Hindiston va Rossiya joylaşgan.
Biroq mahbuslar sonini aholi sonidan uzilgan holda baholab bölmaydi. 100 ming aholiga töğri keladigan mahbuslar soni böyiça Salvador yetakçi — 1086 nafar. Demak, mamlakat aholisining 1 foizdan ortiği qamoqda saqlanmoqda.
100 ming aholiga nisbatan mahbuslar soni böyiça yetakçilar qatoriga Kuba va Ruanda ham kirgan. AQŞ esa bu reytingda törtinçi örinda joylaşgan.
Özbekiston qamoqda saqlanayotganlar umumiy soni (tergovdagi/sudgaça hibsdagilar bilan): taxminan 29 000 nafar (2022 yil yanvar holati).
100 ming aholiga töğri keladigan mahbuslar (inkaseratsiya körsatkiçi): 85 nafar (2022 yil yanvar, hisob-kitob paytida aholi 34 mln deb olingan).
World Prison Brief ma’lumotlariga köra, 2020 yil: 22 827 mahbus, 100 ming aholiga 68 nafar, 2022 yil yanvar: 29 000 mahbus, 100 ming aholiga 85 nafar












