Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Qora dengizda ikki fuqarolik kemasiga dronlar bilan hujum qildi
Ukraina hokimiyati ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Qora dengizda ikki fuqarolik kemasiga dronlar bilan hujum qildi. Hujum oqibatida ekipaj a’zolaridan biri - Suriya fuqarosi halok bo‘lgan.
Foto: Ukrainian Emergency Service/AFP
Rossiya Qora dengizdagi ikki fuqarolik kemasiga dronlar bilan hujum qildi, deb xabar berdi juma kuni, 9 yanvarda Ukraina bosh vazir o‘rinbosari, tiklanish bo‘yicha vazir Aleksey Kuleba. Uning aytishicha, kemalardan biri Sent-Kits va Nevis bayrog‘i ostida Chernomorskka don yuklash uchun yo‘l olgan, ikkinchisi esa Komor orollari bayrog‘i ostida Odessadan yuk bilan chiqqan.
Kuleba hujum fuqarolik obektlariga, xalqaro kemachilikka va oziq-ovqat logistikasiga qarshi qaratilganini bildirdi. U qayd etishicha, zarbalar davom etayotganiga qaramay, Ukraina xavfsizlikni ta’minlash va eksport bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishda davom etmoqda.
Aleksey Kulebaning so‘zlariga ko‘ra, Odessa atrofidagi hududda kemaga qilingan hujum oqibatida ekipaj a’zolaridan biri — Suriya fuqarosi halok bo‘lgan. Yana jabrlanganlar ham bor, biroq har ikki kema harakatlanishda qolgan va jiddiy shikast olmagan.
Avvalroq Bloomberg agentligi Rossiyaning Ukraina port va energetika infratuzilmasiga bergan zarbalari sabab 2025 yil dekabrda Ukraina g‘alla eksporti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16 foizga qisqarganini xabar qilgan.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, shu davrda bug‘doy eksporti 25 foizga, makkajo‘xori eksporti esa 13 foizga kamaygan.
https://www.dw.com/ru/rossia-atakovala-dronami-dva-grazdanskih-sudna-v-cernom-more/a-75457273
Mavzuga oid
16:59 / 10.01.2026
Ishinger: Rossiya yevropaliklar bilan emas, AQSh bilan muzokaraga qiziqyapti
14:26 / 10.01.2026
AQSh Rossiyaning “yashirin floti”ga tegishli beshinchi tankerni qo‘lga oldi
13:13 / 10.01.2026
Germaniya, Fransiya va Britaniya Rossiyaning “Oreshnik” raketa zarbasini qoraladi
19:19 / 09.01.2026