Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda tungi reyd: avtomashina yo‘lovchisidan shubhali modda topildi
Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Bektemir tumani hududida to‘xtatilgan Cobalt avtomashinasi yo‘lovchisidan o‘tkir hidli, saqichsimon, narkotik moddaga o‘xshash modda aniqlandi.
Foto: Toshkent shahar IIBB
Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan giyohvandlik vositasi bilan bog‘liq holat aniqlandi. Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 10 yanvar kuni soat 04:20 larda Bektemir tumaniga xizmatga jalb qilingan YPX inspektori tomonidan Toshkent viloyati hududidan Toshkent shahar hududiga harakatlanib kelayotgan Cobalt rusumli avtomashina to‘xtatilib, haydovchining hujjatlari tekshirilgan.
Tekshiruv davomida avtomashina yo‘lovchisi — 2001 yilda tug‘ilgan T.N.ning o‘zini tutishi va gap-so‘zlari xodimlarda shubha uyg‘otgan. Shundan so‘ng, 2 nafar xolis ishtirokida uning yoni ko‘zdan kechirilganda, qora rangli, o‘tkir hidli, saqichsimon va narkotik moddaga o‘xshash modda topilgan.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro va aniqlangan modda Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan. Hozirda mazkur holat bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:30 / 28.02.2026
Ichki ishlar xodimlarini obro‘sizlantirishda ayblangan Asadbek Jumayevning qamoqdagi suratlari tarqatildi
09:38 / 28.02.2026
Toshkent iqlimiga mos ko‘chatlar yetishtirish yo‘lga qo‘yildi
18:16 / 27.02.2026
10-sinf o‘quvchisi Toshkentdagi poyga vaqtida BMW’da urib ketgan YPX xodimi vafot etdi
10:35 / 27.02.2026