Texnologiya | 00:48
2656
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy kompaniyasi odamsimon robotlar sotish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi

2025 yilda dunyo bo‘yicha 13  ming donaga yaqin odamsimon robotlar sotilgan. Tahlilchilarning fikricha, 2035 yilga borib dunyo bo‘ylab yiliga 2,6 mln dona robot sotiladi. 

Foto: TASS

Xitoyning odamsimon robotlar ishlab chiqaruvchi AgiBot kompaniyasi 2025 yilda androidlar sotish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi. 2023 yilda Shanxayda tashkil etilgan kompaniya o‘tgan yili 5168 dona robot sotgan bo‘lib, dunyodagi sotuv hajmining 39 foizi ushbu brend ulushiga to‘g‘ri keladi.

Ikkinchi o‘rinni Xitoyning yana bir kompaniyasi - Unitree egalladi. Xanchjou shahrida joylashgan kompaniya 4,2 ming dona android sotgan. Unitree kompaniyasining jahon bozoridagi ulushi 32 foizni tashkil etgan.

Yetakchilar beshligidan shuningdek, UBtech (1000 dona, bozordagi ulushi 7 foiz), Leju Robotics (500 dona, 4 foiz) va EngineAI (400 dona, 3 foiz) kompaniyalari o‘rin oldi. Ularning barchasi Shenchjen shahrida joylashgan.

Tesla robotlarining global savdodagi ulushi atigi 1 foizni tashkil etdi. AQSh kompaniyasi o‘tgan yili 150 dona android sotgan.

2025 yilda dunyo bo‘yicha 13  ming donaga yaqin odamsimon robotlar sotilgan. Tahlilchilarning fikricha, 2035 yilga borib dunyo bo‘ylab yiliga 2,6 mln dona robot sotiladi. 

Mavzuga oid