Sport | 02:24
9707
2 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» finalda «Real»ni yengib, Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritdi

Foto: AFP

Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan Ispaniya superkubogi final uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuvda «Barselona»«Real Madrid»ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. 

Kataloniyaliklar safida Rafinya dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir gol Levandovski tomonidan kiritildi. Madrid jamoasining gollariga Vinisius hamda Garsiya mualliflik qildi. 

Shu tariqa, «Barselona» o‘z tarixida 16-marotaba Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritdi. 

Final. Ispaniya superkubogi.
"Barselona" - "Real" 3:2

Gollar: Rafinya, 36, 73, Levandovski, 45+4 – Vinisius, 45+2, G. Garsiya, 45+6
Real: Kurtua – Valverde (Gyuller, 68), R. Asensio, Xeysen (A laba, 76), Karreras – Chuameni, Kamavinga (Sebalos, 84), Bellingem – Vinisius (Mastantuono, 82), G. Garsia (Mbappe, 76), Rodrigo.
Barselona: X. Garsiya – Kunde, E. Garsiya (Martin, 83), Kubarsi, Balde – Pedri, de Yong, Lopes (Olmo, 66) – Yamal (Arauxo, 90+3), Levandovski (Torres, 66), Rafinya (Rashford, 83).
Ogohlantirishlar: E. Garsiya, 57, Pedri, 86 – Asensio, 57, Valverde, 59, Karreras, 82.
Chetlatish: de Yong, 90+1

Mavzuga oid