Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi ish boshladi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Belgiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi (qarorgohi Ostona shahrida) Erik de Mayyerni qabul qildi.
TIV rahbari o‘zining rasmiy sahifasida uchrashuvdan mamnun ekanini bildirib, muzokaralarda ikki tomonlama munosabatlarning barcha yo‘nalishlari muhokama qilinganini ma’lum qildi. Xususan, O‘zbekiston va Belgiya o‘rtasida savdo, investitsiya va ishbilarmonlik hamkorligini yanada rivojlantirish, shuningdek amaliy iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish muhimligi alohida ta’kidlangan.
Uchrashuv yakunida elchiga mamlakatdagi diplomatik faoliyatida muvaffaqiyat tilaklari izhor etilgan.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston va Belgiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992 yil 16 mart kuni o‘rnatilgan.

Shuningdek, “Dunyo” AA keltirgan ma’lumotga ko‘ra, Belgiyaning yangi elchisi 59 yoshda bo‘lib, 1993 yildan buyon xalqaro tashkilotlar, Belgiya Tashqi ishlar vazirligi hamda xorijdagi vakolatxonalarida mas’ul lavozimlarda ishlagan tajribali diplomat hisoblanadi.
Erik de Mayyer 2024 yilda Belgiyaning Toshkentdagi elchisi sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan Anri Vantigem o‘rnini egallagan.
Mavzuga oid
09:15 / 23.06.2026
Belgiya «Tolibon» vakillariga viza berdi
09:01 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin
17:16 / 26.05.2026
Belgiyada poyezd va maktab avtobusi to‘qnashdi
10:07 / 20.04.2026