Jahon | 07:43
6927
4 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning 10 ta hayratlanarli geologik mo‘jizasi

Dunyoning turli burchaklarida g‘ayrioddiy geologik va geografik obektlar yashirinib yotadi. Ularning ko‘pchiligi shunchalik hayratlanarliki, tabiat yaratgan mo‘jiza emas, go‘yo sun’iy intellekt generatsiyasiga o‘xshab ketadi.

Foto: A.Savin, Wikipedia

Dallol — Efiopiyaning shimoli-sharqida joylashgan faol vulqon. Bu Yer yuzidagi eng g‘ayrioddiy joylardan biri. Dallol eng past joylashgan vulqonlardan biri hisoblanadi. Uning kraterida kislotali ko‘l bor. Tadqiqotchilar fikricha, vulqonning geotermal suvlarida tirik mikroorganizmlarni uchratish ehtimoli juda past.

Bu hudud Yer yuzidagi eng issiq va eng quruq joylardan biri deb hisoblanadi. Dallolda yillik o‘rtacha harorat — 34,7°C, yog‘ingarchilik esa deyarli hech qachon kuzatilmaydi.

Foto: Dado Ruvic, Reuters, Newscom

Bosniya markazida, Visoko vodiysidagi o‘rmonga borgan mehmonlar diametri taxminan ikki metr bo‘lgan g‘ayrioddiy tosh sharga duch kelishi mumkin. Bunday geologik hosilalar konkretsiyalar deb ataladi.

Konkretsiyalar faqat sharsimon bo‘lmaydi. Sharoitga qarab, ular ba’zan turli-tuman shakllarga kiradi. Markaz (ba’zan organik) atrofida minerallar asta-sekin to‘planadi. Vaqt o‘tishi bilan ular “yopishib”, qattiq tuzilmaga aylanadi.

Foto: Disdero, Wikipedia 

Saudiya Arabistonida, Tayma vohasidan 50 km janubda ikki tayanch ustida ulkan qumtosh tosh turadi — u ikki qismga ajralgan va Al-Naslaa deb ataladi. Toshning bir tomoni qoyatosh rasmlari bilan qoplangan: odamlar ularni qadimgi davrlarda qoldirgan bo‘lishi mumkin.

Foto: Chmee2, Wikipedia 

“Gigantlar ko‘prigi” — Shimoliy Irlandiyadagi mashhur diqqatga sazovor joylardan biri. Qadimgi vulqon otilishi natijasida taxminan 40 mingta bazalt ustunlar hosil bo‘lgan. Eng baland kolonnaning bo‘yi — taxminan 12 metr.

Foto: Sean Pavone, Canva

Bisti qir-adirlariga kelganlar bir lahzaga hozir Yerdamanmi, deb shubha qilishi mumkin. Bu ajoyib joy Nyu-Meksiko (AQSh) shtatida joylashgan. Atrof-muhit ta’sirida tepaliklar g‘alati haykalsimon shakllarga kirgan.

Foto: Paulien 

Fingal g‘ori Shotlandiyadagi Staffa orolida joylashgan. Muvafaqqiyatsiz “fotoshop”ga o‘xshash tik chiziqlar — bu g‘or devorlarini tashkil etuvchi bazalt kolonnalardir.

Foto: Bolviamia, vanelaalpaca

Arbol-de-Pedra (“tosh daraxt”) deb ataladigan tosh hosila Boliviyaning janubi-g‘arbidagi Eduardo Avaroa milliy qo‘riqxonasida joylashgan. Tosh daraxtning balandligi taxminan 5 metr. U bunday g‘ayrioddiy shaklni kuchli shamollar ta’siri va turlicha qatlamlar zichligi sabab olgan.

Foto:  JøMa, Wikipedia

Gerduberg bazalt qoyalari — Islandiyaning g‘ayrioddiy diqqatga sazovor joylaridan biri. Ustunlar lava oqimlari natijasida hosil bo‘lgan.

Foto: Hanay, Wikipedia 

“Toshlar simfoniyasi” — “Bazalt organi” nomi bilan ham ma’lum bo‘lgan qoyatosh massivi. Oltiburchak va beshburchak bazalt kolonnalaridan tashkil topgan bu tabiiy yodgorlik Armanistonda, Garni qishlog‘i yaqinida joylashgan.

Foto: juan carlos C, Google

Kingsli ko‘li (AQSh, Florida) qariyb mutlaqo ideal doira shakliga ega. Tik yonbag‘irli chuqurlik ohaktosh jinsining erishi natijasida paydo bo‘lgan.

Mavzuga oid