Sport | 21:56 / 14.01.2026
3616
1 daqiqa o‘qiladi

Maykl Kerrik «Manchester Yunayted»ni mavsum oxirigacha boshqaradi

Klub afsonasi ishdan bo‘shatilgan Ruben Amorim o‘rniga tayinlandi.

Foto: manutd.com

Maykl Kerrik «Manchester Yunayted» bosh murabbiyiga aylandi. Klubning ma’lum qilishicha, 44 yoshli mutaxassis mavsum oxirigacha shu lavozimga tayinlangan.

«Manchester Yunayted» APL 21-turidan keyin 32 ochko bilan turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda. Ruben Amorim ishdan bo‘shatilgandan so‘ng, jamoani ikki o‘yinda Darren Fletcher boshqardi.

Kerrik 2006 yildan 2018 yilgacha «Manchester Yunayted»da o‘ynagan. U 5 marta APL g‘olibi, Angliya Kubogi, Liga Kubogi (2 marta) va mamlakat Superkubogida (6 marta) g‘olib bo‘lgan. Xalqaro maydonda «MYu» bilan Chempionlar Ligasi, Yevropa Ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan.

Kerrik murabbiylik faoliyatini 2018 yilda boshladi va «Manchester Yunayted»da bosh murabbiy yordamchisi bo‘ldi. 2022-2025 yillarda «Midlsbro» klubini bosh murabbiy sifatida boshqardi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid