O‘zbekiston | 10:41
1867
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda antitsiklon ta’sirida havo ifloslanishi ko‘rsatkichlari oshishi mumkin

Mamlakat hududiga sovuq antitsiklon bosqichma-bosqich kirib kelishi kutilmoqda. Atmosferada havo almashinuvi zaiflashishi oqibatida 3 kun davomida havoda ifloslovchi moddalar va mayda zarrachalar (PM2.5/PM10) to‘planishi ehtimoli bor.

Foto: Kun.uz

Mamlakat hududiga sovuq antitsiklon kirib kelmoqda. Ushbu jarayon bosqichma-bosqich kechadi va antitsiklon kirib kelish davrida atmosferada havo almashinuvi zaiflashadi. Natijada, atmosfera havosida ifloslovchi moddalar hamda mayda zarrachalarning (PM2.5/PM10) to‘planishi kuzatilishi mumkin. Bu esa havo ifloslanishi ko‘rsatkichlarining oshishiga olib kelishi ehtimol. Mazkur holat 3 kun davomida saqlanib turishi aytilmoqda.

Shundan so‘ng antitsiklon ta’siri kuchayib borishi kutilmoqda. 16–17 yanvar kunlariga borib respublika bo‘ylab deyarli barcha hududlarda havo harorati pasayishi, kunduzgi haroratlar ham tushishi, tungi va ertalabki soatlarda sovuq yanada kuchayishi mumkin.

Shu bilan birga, antitsiklon fonida ayrim hududlarda qisqa muddatli yog‘ingarchilik ham prognoz qilinmoqda. Yog‘ingarchiliklar yomg‘ir yoki qor ko‘rinishida qayd etilishi mumkin. Shuningdek, yog‘ingarchilik va shamol atmosferada to‘planib qolgan mayda zarrachalarning “yuvilishi”ga sabab bo‘lib, ayrim vaqtlarda havo sifati biroz yaxshilanishi kutilmoqda.

Mavzuga oid