Mamlakat hududiga sovuq antitsiklon kirib kelmoqda. Uşbu jarayon bosqiçma-bosqiç keçadi va antitsiklon kirib keliş davrida atmosferada havo almaşinuvi zaiflaşadi. Natijada, atmosfera havosida ifloslovçi moddalar hamda mayda zarraçalarning (PM2.5/PM10) töplanişi kuzatilişi mumkin. Bu esa havo ifloslanişi körsatkiçlarining oşişiga olib kelişi ehtimol. Mazkur holat 3 kun davomida saqlanib turişi aytilmoqda.
Şundan söng antitsiklon ta’siri kuçayib borişi kutilmoqda. 16–17 yanvar kunlariga borib respublika böylab deyarli barça hududlarda havo harorati pasayişi, kunduzgi haroratlar ham tuşişi, tungi va ertalabki soatlarda sovuq yanada kuçayişi mumkin.
Şu bilan birga, antitsiklon fonida ayrim hududlarda qisqa muddatli yoğingarçilik ham prognoz qilinmoqda. Yoğingarçiliklar yomğir yoki qor körinişida qayd etilişi mumkin. Şuningdek, yoğingarçilik va şamol atmosferada töplanib qolgan mayda zarraçalarning “yuvilişi”ga sabab bölib, ayrim vaqtlarda havo sifati biroz yaxşilanişi kutilmoqda.













