Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda sug‘urta xizmatlari bozori keskin o‘sish qayd etdi
O‘zbekistonda 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida sug‘urta xizmatlari bozori o‘sish qayd etdi: xizmatlar hajmi 10,9 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,9 trln so‘mga ko‘paydi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida sug‘urta xizmatlari hajmi 10,9 trln so‘mni tashkil etgan.
Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 2,9 trln so‘mga oshgan.
Ma’lumotlarda sug‘urta xizmatlari tarkibida eng katta ulush baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash, avtotransport vositalari va boshqa transport turlarini sug‘urtalash, yuk va mulkni sug‘urtalash hamda boshqa turlar hissasiga to‘g‘ri kelgani keltirilgan. Ushbu yo‘nalishlar jami hajmda 81,7 foiz ulushni tashkil etgan.
Shuningdek, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida qayta sug‘urtalash xizmatlari ulushi 14,1 foiz, hayotni sug‘urtalash bo‘yicha xizmatlar ulushi esa 4,2 foiz ekani ma’lum qilingan.
Mavzuga oid
09:22
Repetitorlik, til kurslari va bog‘cha xizmatlari qimmatlashdi
13:23 / 13.01.2026
Qozog‘iston kapitali ishtirokidagi korxonalar: eng katta ulush savdoda
15:21 / 12.01.2026
15 mingdan ortiq o‘zbekistonlik AQShga bordi - safarlar maqsadi bo‘yicha taqsimot
14:36 / 12.01.2026