Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Repetitorlik, til kurslari va bog‘cha xizmatlari qimmatlashdi
2025 yil dekabr oyi davomida ta’lim xizmatlari segmentida ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha narxlar o‘sishi qayd etilgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, repetitorlik xizmatlari narxlari dekabr oyida o‘rtacha 0,8 foizga oshgan. Yil yakunlari bo‘yicha esa mazkur xizmat turi narxlari 6,6 foizga qimmatlashgan.
Chet tillari kurslarida o‘qish xizmatlari bo‘yicha ham o‘sish kuzatilgan: dekabr oyi davomida narxlar 0,3 foizga ko‘tarilgan. Yil davomida esa chet tillari kurslari narxlarining o‘sishi 6,6 foizni tashkil etgan.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim xizmatlari narxlari noyabr oyiga nisbatan o‘zgarishsiz qolgan bo‘lsa-da, yil hisobida 17 foiz o‘sgani ma’lum qilingan.
Mavzuga oid
13:23 / 13.01.2026
Qozog‘iston kapitali ishtirokidagi korxonalar: eng katta ulush savdoda
15:21 / 12.01.2026
15 mingdan ortiq o‘zbekistonlik AQShga bordi - safarlar maqsadi bo‘yicha taqsimot
14:36 / 12.01.2026
Oliy ta’lim xizmatlari ta’lim bozorining deyarli yarmini egalladi
13:46 / 12.01.2026