O‘zbekiston | 11:28 / 15.01.2026
1829
2 daqiqa o‘qiladi

Har kuni o‘rtacha 39 ming chaqiriq: “103” xizmati statistikasi

Respublika tez tibbiy yordam markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil davomida mamlakat bo‘ylab “103” - tez tibbiy yordam xizmatiga jami 14 299 948 ta chaqiriq kelib tushgan. Bu bir kunda o‘rtacha 39 178 ta murojaat degani.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoit G‘ofurovning ta’kidlashicha, kelib tushgan chaqiruvlarning katta qismi shoshilinch ko‘rsatma bilan bog‘liq. Xususan:

  • 10 218 037 ta — shoshilinch ko‘rsatma bilan;
  • 3 856 901 ta — surunkali kasalliklar bo‘yicha;
  • 100 453 ta — tug‘uruq holatlari.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2025 yilda “103” xizmatiga kelgan murojaatlar kunlik o‘rtacha 39 178 tani, ya’ni bir soatda taxminan 1 632 ta, bir daqiqada esa o‘rtacha 27 ta chaqiriqni tashkil etgan.

Eng ko‘p murojaatlar qayd etilgan hududlar:

  • Toshkent shahri — 1 462 006 ta;
  • Farg‘ona viloyati — 1 455 255 ta;
  • Andijon viloyati — 1 344 151 ta;
  • Surxondaryo viloyati — 1 335 614 ta;
  • Namangan viloyati — 1 328 391 ta.

Eng kam chaqiriqlar kuzatilgan hududlar:

  • Navoiy viloyati — 416 210 ta;
  • Sirdaryo viloyati — 456 803 ta;
  • Jizzax viloyati — 561 894 ta;
  • Buxoro viloyati — 678 499 ta;
  • Xorazm viloyati — 688 594 ta.

Ma’lumot o‘rnida qayd etilishicha, so‘nggi 8 yilda “103” xizmati infratuzilmasini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida “103” xizmati shoxobchalari soni 818 tadan 1 680 taga, tez tibbiy yordam brigadalari soni esa 1 648 tadan 2 865 taga yetkazilgan.

Shuningdek, elektron avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi joriy etilishi hisobiga brigadalarning chaqiruvga yetib borish vaqti o‘rtacha 25–30 daqiqadan 10–15 daqiqagacha qisqargani ta’kidlanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid