Iqtisodiyot | 13:43
1174
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda eng ko‘p xorijiy korxonaga ega davlatlar ro‘yxati e’lon qilindi

2025 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 18 164 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning katta qismi xorijiy korxonalar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning 4 247 tasi qo‘shma, 13 917 tasi xorijiy korxonalar hisoblanadi. Shuningdek, so‘nggi 5 yilda bunday korxonalar soni 1,9 barobarga oshgan.

Milliy statistika qo‘mitasi keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha top-10 davlat quyidagicha:

  • Xitoy — 5 044 ta;
  • Rossiya — 3 181 ta;
  • Turkiya — 2 137 ta;
  • Qozog‘iston — 1 212 ta;
  • Janubiy Koreya — 693 ta;
  • Afg‘oniston — 635 ta;
  • BAA — 414 ta;
  • Tojikiston — 389 ta;
  • Hindiston — 375 ta;
  • AQSh — 340 ta.

Mavzuga oid