Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezidentga Samarqanddagi loyihalar va Buxoro bosh rejasi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev xalqaro madaniy tadbirlarning natijalari, turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi vazifalar hamda yirik madaniyat va turizm obektlarini barpo etishga oid taqdimot bilan tanishdi.
Taqdimotda qayd qilinishicha, ayni paytda Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan EKSPO-2030 ko‘rgazmasida ishtirok etishga tayyorgarlik ishlari boshlanib, maydoni 3,6 ming kvadrat metr bo‘lgan pavilon qurilishi rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, turizm sohasini loyiha boshqaruvi tizimiga o‘tkazish, turizm mahsulotlarini yaratish va rivojlantirish bo‘yicha yagona mexanizmni joriy etish hamda yirik tadbirlarni muvofiqlashtirishni kuchaytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Mamlakat turizm salohiyatini AQSh, Fors ko‘rfazi davlatlari, Hindiston, Xitoy va Skandinaviya kabi ustuvor bozorlarda ilgari surish bo‘yicha yangi marketing strategiyasini amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi. O‘zbekistonning xalqaro turistik platformalardagi ishtirokini kengaytirish, raqamli kontentni rivojlantirish hamda yirik media resurslari va fikr yetakchilarini jalb qilish vazifalari belgilandi.



Taqdimotda yirik madaniyat va turizm obektlari loyihalari ko‘rib chiqildi.
Samarqandda “Samarqand merosi yo‘lagi” loyihasi ish boshlamoqda. Registon ansambli, Bibixonim va Shohi Zinda majmualari hamda Mirzo Ulug‘bek rasadxonasini 6,6 kilometrlik yagona sayyohlik yo‘nalishi o‘zaro bog‘laydi.
Samarqandda yangi “Ipak yo‘li” muzeyini qurish loyihasi taqdim etildi. Umumiy maydoni 19,5 ming kvadrat metrni tashkil etadigan uch qavatli zamonaviy bino qurilib, unda inklyuziv muhit, ko‘rgazma zallari, eksponatlarni saqlash fondlari, shuningdek, ta’lim olishga mo‘ljallangan hududlarni yaratish ko‘zda tutilgan.
Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi hududida landshaft dizaynini yangilash rejalashtirmoqda. Yangi muzey binosi, immersiv ko‘rgazma zallari, tashrif buyuruvchilar uchun markaz barpo etiladi. Piyoda yo‘laklari obodonlashtirilib, arxeologik obektlar yagona muzey muhitiga uyg‘unlashtiriladi.
Shuningdek, Buxoro shahrining bosh rejasi taqdim etildi. Unda qulay shahar muhitini shakllantirish, transport va turizm infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, kongress-xoll, amfiteatr, kutubxona, fud-xoll, chakana savdo va tijorat obektlari hamda yuqori toifali mehmonxonani o‘z ichiga oladigan ko‘p funksiyali majmua sifatida tarixiy-etnografik bog‘ barpo etish nazarda tutilgan.
Muhokama yakunida prezident madaniyat loyihalarini turizmni rivojlantirish vazifalari bilan o‘zaro bog‘lagan holda amalga oshirish, ularning iqtisodiy barqarorligi va sifatli boshqaruvini ta’minlash zarurligini alohida ta’kidladi.
Mavzuga oid
22:47 / 05.02.2026
Shavkat Mirziyoyev va Shahboz Sharif samarali muzokaralar natijalarini yuqori baholadi
22:44 / 05.02.2026
Shavkat Mirziyoyev Pokistondagi yetakchi universitetning faxriy doktori va professori bo‘ldi
21:40 / 05.02.2026
Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Qo‘shma deklaratsiyani imzoladi
21:18 / 05.02.2026