O‘zbekiston | 10:42
583
1 daqiqa o‘qiladi

2025 yilda huquq va buxgalterlik xizmatlari 4,6 trln so‘mga yetdi

2025 yilning yanvar–noyabr oylarida huquq va buxgalterlik hisobi sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 4,6 trln so‘mni tashkil etgan. Ushbu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 5 foizga yoki 889,5 mlrd so‘mga oshgan.

Foto: Shutterstock

Milliy statistika qo‘mitasi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida huquq va buxgalterlik hisobi sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 4,6 trln so‘mga teng bo‘lgan.

Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 5 foizga oshgan bo‘lib, mutlaq o‘sish 889,5 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Shu bilan birga, hisoblar tuzish, buxgalteriya hisobi hamda moliyaviy taftish (audit) sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 2 trln so‘mga yetgan. Bu esa huquq va buxgalterlik hisobi sohasidagi jami xizmatlar hajmining 43,3 foiziga to‘g‘ri keladi.

Mutaxassislar fikricha, ushbu yo‘nalishlarda xizmatlarga talabning o‘sishi biznes yuritishda hisob-kitob va huquqiy himoyaga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotgani bilan izohlanishi mumkin.

Mavzuga oid