Jamiyat | 09:51
2069
1 daqiqa o‘qiladi

Chiqindi xizmati qarzdorligi: ommaviy SMS-ogohlantirish boshlandi

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi 15 yanvar holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha chiqindi xizmati bo‘yicha shakllangan 9,3 mlrd so‘m debitor qarzdorlik yuzasidan 118 646 ta abonentga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2100 qisqa raqamidan SMS orqali ogohlantirish yuborilganini ma’lum qildi. Hozirda jarayon davom etmoqda.

Foto: Kun.uz

Ma’lum qilinishicha, ogohlantirishdan so‘ng 5 kun ichida qarzdorlik bartaraf etilmasa, abonentning elektr energiyasi uchun to‘lov qilish imkoniyatiga vaqtincha cheklov o‘rnatiladi.

Ma’lumot uchun: mazkur tartib 2025 yil 1 iyuldan chiqindi xizmatlaridan shakllangan qarzdorliklar uchun amal qiladi. Ayni tizim esa 2025 yil 1 noyabrdan boshlab oyma-oy qo‘llab kelinmoqda.

Shuningdek, chiqindilarni boshqarish sohasi va xizmat sifati bo‘yicha taklif hamda shikoyatlarni agentlikning 1205 qisqa raqamiga 24/7 rejimida yo‘llash mumkinligi eslatildi.

Mavzuga oid