Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyo texnoshousidagi yangiliklar: 7 ta g‘alati startap
6–9 yanvar kunlari Las-Vegasda o‘tgan CES 2026 maishiy elektronika ko‘rgazmasida nafaqat ilg‘or, balki juda g‘ayrioddiy qurilmalar ham namoyish etildi - musiqa chaladigan konfetdan tortib, uy ishlarini bajaradigan robotgacha.
Foto: AP
6–9 yanvar kunlari Las-Vegasda CES 2026 maishiy elektronika ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar bu yerda ham innovatsion, ham esa juda g‘alati ishlanmalarni taqdim etdi.
Dunyodagi eng yirik texnoshou o‘zining g‘aroyib ixtirolari bilan mashhur. Ana shunday yangiliklardan biri — Lollipop Star nomli konfet bo‘ldi. U inson uni so‘rayotgan paytda musiqa chaladi.
Bu konfet “suyak orqali o‘tkazish” texnologiyasiga asoslangan. Konfet ovoz tebranishlarini tishlar orqali bosh suyagiga, u yerdan esa ichki quloqqa uzatadi. Natijada inson xuddi quloqchin orqali musiqa tinglayotgandek ta’sirni his qiladi.
Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi uy yordamchisi bo‘lgan CLOiD robotini taqdim etdi. Sun’iy intellekt asosida ishlovchi bu robot uy ishlarini bajarish uchun mo‘ljallangan: egalari uyda bo‘lmaganida idish-tovoq, kir yuvishi yoki ovqat tayyorlashi mumkin.
Ishlab chiqaruvchilar CLOiD’ga insonnikiga o‘xshash qo‘llar o‘rnatgan: yelka, tirsak, bilak va barmoqlar harakatlana oladi. Robotning bosh qismi esa sun’iy intellekt xabi vazifasini bajaradi va LG’ning aqlli uy ekotizimi hamda ThinQ platformasi bilan integratsiyalashgan.
Texasda joylashgan IgniteTech kompaniyasi MyPersonas platformasini ishlab chiqdi. U xodimlarning sun’iy intellekt asosidagi raqamli “dubli”ni yaratish imkonini beradi. Bunday raqamli qiyofalar savollarga javob bera oladi, videoqo‘ng‘iroq orqali muloqot qiladi va insonning nutq uslubi hamda odatlarini taqlid qila oladi.
Kaliforniyadagi Tombot kompaniyasi robotlashtirilgan labrador itni taqdim qildi. U haqiqiy uy hayvonini boqa olmaydigan odamlarga hissiy qo‘llab-quvvatlash berish uchun mo‘ljallangan. Robot-itlar sensorlar bilan qoplangan, ular teginishni “his qiladi” va ayrim ovozli buyruqlarga javob qaytara oladi.
Seattle Ultrasonics startapi esa C-200 nomli oshpaz pichog‘ini namoyish etdi. U ultratovush texnologiyasiga asoslangan bo‘lib, kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, hatto pichoq juda o‘tkir bo‘lmagan holda ham kesish uchun talab qilinadigan kuchni 50 foizgacha kamaytiradi.
Glyde kompaniyasi esa aqlli soch olish mashinkasini ko‘rsatdi. Ishlab chiqaruvchilar uni dunyodagi birinchi bunday qurilma deb atamoqda. Foydalanuvchi ilovada soch turmagini tanlaydi, shundan so‘ng mashinka mustaqil ravishda ishni boshlaydi.
Ko‘rgazmaning eng tomoshabop lahzalaridan biri esa Boston Dynamics’ning Spot robot-itlari chiqishi bo‘ldi. Ular Hyundai matbuot anjumani oldidan K-pop musiqasi ostida raqsga tushdi.
Bu robotlar nafaqat raqs tusha oladi, balki odamlarga ishda yordam berish va xavfli vazifalarni bajarishda ham qo‘llanishi mumkin.
Mavzuga oid
15:02 / 11.12.2025
O‘zbek startaplarining katta kompaniyalarga aylanishiga nimalar to‘sqinlik qiladi?
19:51 / 04.12.2025
Energetika vazirligi yaratgani iddao qilingan mobil ilova xususiy tadbirkorga tegishli bo‘lib chiqdi
16:13 / 28.11.2025
Markaziy bank qoshida venchur fond va innovatsion hab tashkil etiladi
16:13 / 06.10.2025