Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sovuq kunlarda elektr va gaz ta’minotida cheklovlar bo‘lishi mumkin – vazirlik
O‘zbekistonda havo sovishi davrida energiya resurslari iste’moli ortishi kutilmoqda, Energetika vazirligi ayrim hududlarda vaqtinchalik «texnik cheklovlar» bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu kunlarda aholi va ijtimoiy obektlarni ta’minlashga ustuvorlik beriladi. Iste’molchilardan energiya resurslaridan oqilona foydalanish so‘ralgan.
Foto: Energetika vazirligi
O‘zbekistonda havo harorati keskin pasayishi tufayli energetika tizimi kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tkaziladi.
Energetika vazirligi elektr, issiqlik va gaz ta’minoti obektlarida qo‘shimcha texnik tekshiruvlar o‘tkazilgani, energiya ishlab chiqarish va ta’minlash quvvatlari hozirgi ob-havo sharoitlariga moslashtirilganini ma’lum qilgan. Mas’ul xizmatlar kun-u tun kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda.
«Sovuq kunlarda energiyaga bo‘lgan talab ortadi. Ayrim hududlarda vaqtinchalik texnik cheklovlar bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda aholi va ijtimoiy obektlarni barqaror ta’minlash ustuvor vazifamiz bo‘ladi», – deyiladi Energetika vazirligi xabarida.
Vazirlik iste’molchilarni elektr energiyasi va tabiiy gazdan oqilona foydalanishga, isitish uskunalaridan tejamkorlik bilan foydalanishga chaqirgan.
«Uy-joylarda issiqlikni saqlash orqali ham energiya tejaladi, ham xona iliq bo‘ladi», – deya qayd etadi vazirlik.
Aholidan yana quyidagilar so‘ralgan:
- isitish uskunalarini qarovsiz qoldirmaslik;
- ulardan foydalanish vaqtida xonada shamollatishni ta’minlash;
- dudburon va ventilyatsiya tizimlarining ishlash holati muntazam tekshirib turish.
«Is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida yopiq xonalarda ochiq olov yoki nosoz isitish qurilmalaridan foydalanmaslik, imkon qadar is gazi aniqlagich uskunalardan foydalanish tavsiya etiladi», – deyilgan xabarda.
Elektr energiyasi va gaz ta’minoti bilan bog‘liq savollar bo‘yicha fuqarolar quyidagi raqamlarga 24/7 qo‘ng‘iroq qilishi mumkin: 1154 (elektr ta’minoti), 1104, 104 (gaz ta’minoti).
Avvalroq, O‘zgidromet 17 yanvarga o‘tar kechasi O‘zbekiston hududining katta qismida harorat pasayishi va yog‘ingarchilik (yomg‘ir/qor) bo‘lishi haqida xabar bergan edi.
Mavzuga oid
22:41 / 07.01.2026
«Metan zapravkalar» faoliyatiga 8 yanvardan yana cheklovlar joriy qilindi
12:10 / 05.01.2026
Boysunda neft sizib chiqdi. Vazirlik vaziyat nazoratga olinganini ma’lum qildi
22:13 / 29.12.2025
30 dekabrdan barcha «metan zapravka»lar 24 soatlik ish rejimida ishlaydi – Energetika vazirligi
14:53 / 19.12.2025