Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShdagi o‘qituvchilar xavotirda: zumerlar o‘qishni unuta boshladi
Muammoning bir qismi test tizimi va maktab ta’limiga borib taqaladi: o‘quvchilar matnni o‘qishga emas, balki uni skanerlab internet orqali ma’lumot qidirishga, uqish uchun emas, natijaga erishish uchun o‘qishga o‘rganib qolishgan.
AQSh universitetlarida matnli topshiriqlar hajmiga qo‘yiladigan talablar pasaytirilmoqda, deb yozadi Fortune nashri.YouGov tadqiqotlaridan ma’lum bo‘lishicha, o‘qish ko‘nikmalarining yo‘qolishi butun mamlakat bo‘ylab umumiy tendensiyaga aylanmoqda. 2025 yil davomida amerikaliklarning qariyb yarmi bitta ham kitob o‘qimagan, 18–29 yoshlar orasida esa bir yilda o‘qilgan kitoblar soni o‘rtacha 5,8 tani tashkil etgan.
Nashrning yozishicha, talabalar uzun matnlarni qiynalib o‘qiydi, ayrimlari esa hattoki birgina gapni ham o‘qiy olmaydi.
«Bu hatto tanqidiy fikrlashga layoqatsizlik ham emas. Bu gaplarni o‘qishga layoqatsizlik. Talabalar kitobni ovoz chiqarib birgalikda o‘qisak ham sahifada yozilgan so‘zlarning ma’nosini tushunishmayapti», — deydi Los-Anjyelesdagi Pepperdayn universiteti professori Jyessika Xuten Uilson.
Muammoning bir qismi test tizimi va maktab ta’limiga borib taqaladi: o‘quvchilar matnni o‘qishga emas, balki uni skanerlab internet orqali ma’lumot qidirishga, uqish uchun emas, natijaga erishish uchun o‘qishga o‘rganib qolishgan.
Mavzuga oid
23:07 / 17.06.2026
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
10:30 / 17.06.2026
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45 / 17.06.2026