Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon Germaniya va Avstriyaga gaz yetkazib berishni boshladi
Davlatga qarashli Socar kompaniyasi Transadriatik gaz quvuri orqali Germaniyaga eksport boshlanganini ma’lum qildi. Yangi yetkazib berishlar Ozarboyjon gazining Yevropa bozoridagi ishtirokini kengaytiradi.
Ozarboyjon Germaniya va Avstriyaga tabiiy gaz yetkazib berishni boshladi, deb xabar qildi juma kuni, 16 yanvarda Socar davlat energetika konserni. Gaz Yevropaga Transadriatik gaz quvuri (TGQ) orqali keladi — u Gretsiya–Turkiya chegarasidan boshlanib, Gretsiya va Albaniya orqali Italiyaning janubigacha yetib boradi. U yerdan yoqilg‘i yana shimolga — Avstriya va Germaniyaga tashiladi.
Socar’da ta’kidlashlaricha, Italiya orqali Avstriya va Germaniyaga yetkazib berishlar Ozarboyjon gazining Yevropadagi eksport geografiyasini kengaytiradi. Yangi bozorlarga chiqish bilan Ozarboyjon gazini import qilayotgan davlatlar soni 16 taga yetdi.
Ozarboyjon gaziga talab Yevropa mamlakatlari Rossiyaning Ukrainaga qurolli hujumidan keyin Rossiyadan yetkazib berishga bog‘liqlikni kamaytirishga intilayotgani fonida oshdi. Iyun oyida Socar Germaniyaning Sefe energetika holdingi bilan har yili 1,5 mlrd kub metr gaz yetkazib berishni nazarda tutuvchi o‘n yillik shartnoma tuzgan.
Sefe avval Gazprom Germania deb atalgan va 2022 yildagi energetik inqiroz avjida Germaniya hukumati tomonidan bankrotlikdan qutqarib qolingan.
Socar’dagi manbaning so‘zlariga ko‘ra, Avstriyaga yiliga 1 mlrd kub metrgacha gaz yetkazib berish mumkin. 2025 yilda Ozarboyjon gazining Yevropaga umumiy eksporti 12,8 mlrd kub metrni tashkil etgan. Qayd etilishicha, yetkazib berishni yanada oshirish investitsiyalar va quvur infratuzilmasining o‘tkazish quvvatini kengaytirishga bog‘liq bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:20
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga jalb etish kengaytiriladi
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
19:52 / 03.06.2026