Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga jalb etish kengaytiriladi
Frankfurt-Mayn shahrida o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga tartibli va xavfsiz jalb etish imkoniyatlarini kengaytirish, malakali kadrlarni tayyorlash hamda vizalarni rasmiylashtirish jarayonidagi muammolarni hal qilish masalalari muhokama qilindi.
Frankfurt-Mayn Savdo-sanoat palatasida bo‘lib o‘tgan muloqotda Germaniyaning yirik xizmat ko‘rsatish kompaniyalaridan biri — WISAG rahbariyati, palata vakillari hamda O‘zbekiston tomonidan Migratsiya agentligi va diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonda kadrlarni Germaniya mehnat bozori talablari asosida tayyorlash, nemis tiliga o‘qitish va fuqarolarni tashkiliy tarzda ishga joylashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
WISAG kompaniyasi vakillari Germaniyada faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik mutaxassislarning kasbiy mahorati, mehnat intizomi va mas’uliyatini yuqori baholab, hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
Muzokaralarda Germaniya vizasini rasmiylashtirish jarayonining uzoq davom etayotgani mehnat migratsiyasi sur’atiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ham qayd etildi. Nemis tomoni mazkur muammoni o‘rganib chiqish va uni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha nemis tilini o‘zlashtirgan o‘zbekistonlik mutaxassislar haqidagi ma’lumotlarni Germaniyadagi ish beruvchilarga taqdim etish hamda mehnat sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Mavzuga oid
18:50 / 29.06.2026
Porsche yangi 911 GT4 R poyga avtomobilini taqdim etdi
10:45 / 29.06.2026
Germaniya Polshaga 300 mln yevrogacha tovon to‘lashi mumkin
23:45 / 27.06.2026
Germaniyada jazirama harorat bo‘yicha yangi rekord
10:35 / 22.06.2026