Texnologiya | 12:24 / 18.01.2026
7007
1 daqiqa o‘qiladi

Galaxy S26 Ultra tezroq zaryadlanadi

Yangi Samsung Galaxy S26 Ultra haqidagi ma’lumotlar asta-sekin oshkor bo‘lyapti. Insayder Ice Universe’ga ko‘ra, flagmanning eng muhim yangiligi kamera emas, balki 60 Vt tezkor simli zaryad bo‘lishi mumkin.

Foto: Galaxy S26 Ultra

Bu hozirgi Galaxy S25 Ultra’dagi 45 Vt bilan solishtirganda sezilarli darajada tezkor. Ideal sharoitda telefon 30 daqiqada 75% gacha quvvat olishi aytilmoqda. Albatta, real hayotda natija kabel va haroratga bog‘liq bo‘ladi.

Batareya sig‘imi borasida aniq ma’lumot yo‘q: 5000 yoki 5200 mA•soat atrofida bo‘lishi mumkin. Samsung yangi flagmanlarini 2026 yil boshida taqdim etishi kutilmoqda.

Texnologiyalar tez o‘zgarayotgan bugungi kunda eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish muhim. Raqamli dunyoda adashib qolmaslik va shunday yangiliklarni birinchilardan bilish uchun KUN.UZ Texnologiya Telegram sahifasini kuzatib boring.

Аббос Юсуфжонов
Tayyorlagan Аббос Юсуфжонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid