Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Eron ustidan parvoz qilish xavfi haqida ogohlantirdi
Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligining fikricha, mavjud keskinlik va AQSh tomonidan harbiy harakatlar amalga oshirilishi ehtimoli Eron kuchlarini jangovar shaylik holatiga keltirgan. Bu esa yo‘lovchi samolyotlarga xavf solishi mumkin.
Foto: CC
Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligi YeI aviakompaniyalariga Eron havo hududida parvoz qilmaslik tavsiya etilgan byulletenini chiqardi.
Agentlik buni fuqarolik reyslari uchun yuqori darajada xavf tug‘diruvchi "keng ko‘lamdagi qurollar va havo hujumidan mudofaa tizimlaridan foydalanish ehtimoli" bilan izohladi.
Agentlikning fikricha, mavjud keskinlik va AQSh tomonidan harbiy harakatlar amalga oshirilishi ehtimoli Eron kuchlarini jangovar shaylik holatiga keltirgan. Bu esa yo‘lovchi samolyotlarga xavf solishi mumkin.
Shu sababli agentlik Yevropa aviakompaniyalariga Eron havo hududida parvoz qilishni taqiqladi hamda unga qo‘shni mamlakatlar, xususan, AQSh harbiy bazalari joylashgan davlatlarga parovzlarni rejalashtirishda ehtiyotkor bo‘lishni tavsiya qildi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp uni Eronga hujum qilishdan hech kim qaytarolmasligini aytgandi.
Mavzuga oid
11:29 / 08.05.2026
AQSh va Eron o‘rtasida zarbalar almashinuvi ro‘y berdi
23:45 / 06.05.2026
Eron yana BAAga raketa otdi: Tehron Trampni mensimayaptimi?
21:16 / 06.05.2026
AQSh va Eron mojaroni to‘xtatish bo‘yicha memorandum imzolashga yaqin - OAV
09:52 / 06.05.2026