Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Silk Avia 1 fevraldan mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha chiptalar narxini oshiradi
Silk Avia 1 fevraldan 14 ta mahalliy yo‘nalishdagi aviachiptalar narxini 7 foizdan 7,6 foizgacha oshiradi. Eng katta qimmatlashuv Toshkent – Buxoro yo‘nalishida.
2026 yil 1 fevraldan boshlab Silk Avia mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha yangilangan tariflar kuchga kirishini ma’lum qildi. Narxlar oshishi eng minimal tariflar uchun quyidagicha bo‘ladi:
- Toshkent – Samarqand 291 ming so‘mdan 313 ming so‘mga;
- Toshkent – Buxoro 320 ming so‘mdan 344 ming so‘mga;
- Toshkent – Navoiy 277 ming so‘mdan 297 ming so‘mga;
- Toshkent – Qarshi 277 ming so‘mdan 297 ming so‘mga;
- Toshkent – Termiz 335 ming so‘mdan 360 ming so‘mga;
- Toshkent – Namangan 277 ming so‘mdan 297 ming so‘mga;
- Toshkent – Farg‘ona 277 ming so‘mdan 297 ming so‘mga;
- Toshkent – Urganch 437 ming so‘mdan 469 ming so‘mga;
- Toshkent – Qo‘qon 277 ming so‘mdan 297 ming so‘mga;
- Toshkent – Andijon 306 ming so‘mdan 328 ming so‘mga;
- Toshkent – Sariosiyo 393 ming so‘mdan 422 ming so‘mga;
- Toshkent – Zomin 117 ming so‘mdan 125 ming so‘mga;
- Toshkent – Shahrisabz 277 ming so‘mdan 297 ming so‘mga;
- Nukus – Mo‘ynoq 117 ming so‘mdan 125 ming so‘mga.
«Narxlar bir tomonga hisoblangan. Sayohatlaringizni rejalashtirishda ushbu o‘zgarishlarni hisobga olishingizni tavsiya etamiz. Aviachiptalarni silk-avia.com saytida, mamlakatning barcha aeroportlarida va Uzbekistan Airways Sales filialida xarid qilishingiz mumkin», deyiladi kompaniya xabarida.
Silk Avia — Uzbekistan Airports tomonidan tashkil etilgan loukoster aviakompaniya bo‘lib, parvozlarini 2023 yil 25 apreldan boshlagan. 2023 yil oktabr oyida prezident qarori bilan kompaniya brendi saqlab qolingan holda Uzbekistan Airways tarkibiga o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
15:35 / 16.05.2026
“Sayohatchi ko‘p, temiryo‘l esa bitta” – chipta yetishmovchiligiga qachon barham beriladi?
21:24 / 10.04.2026
AQSh elchixonasi JCh-2026 chiptasi egalari uchun viza suhbatiga yozilish tartibini e’lon qildi
17:43 / 19.12.2025
Centrum Air bir o‘ringa 2 ta chipta sotishi natijasida ikki fuqaro Istanbul aeroportida qolib ketdi
18:50 / 12.12.2025