Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston possovet hududidagi eng hushyor mamlakat deb tan olindi
Mamlakatda odam boshiga o‘rtacha yillik iste’mol 0,3 litr toza spirtni tashkil qiladi.
Turkmaniston MDH hududidagi eng hushyor mamlakat deb tan olindi. Bunday ma’lumotlar World Population Review tomonidan keltirilgan. Portalda aholisi eng ko‘p ichadigan va eng hushyor mamlakatlar aniqlandi.
Qayd etilishicha, Markaziy Osiyo mamlakatlarida musulmonchilik an’analari tufayli odamlar spirtli ichimliklarga befarqroq.
Hisobotda aytilishicha, Qozog‘istonda odam boshiga o‘rtacha 5,4 litr, Qirg‘izistonda 3,9 litr, O‘zbekistonda 2,1 litr (toza spirt) iste’mol qilinadi.
Possovet hududidagi eng past ko‘rsatkichlar Tojikiston (0,7 litr) va Turkmanistonda (0,3 litr) qayd etilgan.
Ichiladigan alkogol miqdori bo‘yicha birinchi o‘rinni Sharqiy va Markaziy Yevropa mamlakatlari egallab turibdi. Ro‘yxatda Ruminiya yetakchilik qilmoqda (yiliga kishi boshiga 17,1 litr toza spirt), undan keyingi o‘rinlarda Gruziya (15,5 litr) va Latviya (14,7 litr) bormoqda. MDH davlatlari orasida spirtli ichimliklarni iste’mol qilish darajasi bo‘yicha Moldova (14,1 litr), Belarus (11,4 litr) va Rossiya (10,5 litr) yetakchilik qilmoqda.
Har bir mamlakatda spirtli ichimliklarni iste’mol qilish darajasi keskin farq qiladi va qonunlar, madaniyat va boshqa xususiyatlarga bog‘liq. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) har bir mamlakatda barcha turdagi pivo, vino, kuchli alkogol va boshqa spirtli ichimliklar iste’moli darajasini toza spirtda hisoblaydi. Masalan, bir shisha aroq (1,75 litr) taxminan 300 millilitr toza spirtni o‘z ichiga oladi.
Mavzuga oid
20:55 / 25.06.2026
O‘zbekiston bola huquqlari xalqaro reytingida 96-o‘rinni egalladi
08:30 / 24.06.2026
Mamlakatlar imiji reytingi: yetakchilar va autsayderlar ma’lum bo‘ldi
18:07 / 22.06.2026
Qozog‘iston universitetlari Markaziy Osiyoda eng yaxshi deb topildi
08:45 / 22.06.2026