Sport | 01:22
621
1 daqiqa o‘qiladi

Vinus Uilyams Australian Open rekordini o‘rnatdi 

Uilyams faoliyati davomida Melburnda yakkalik bahslarida ikki marta finalgacha borgan, to‘rt marta juftlik bahslarida va bir marta mikstda chempion bo‘lgan.

Foto: Getty Images

Amerikalik tennischi, 45 yoshu 215 kunlik bo‘lgan Vinus Uilyams Australian Open turnirida eng yoshi katta tennischi ayol sifatida rekord o‘rnatdi.

Uilyams turnirda wild card oldi va birinchi davra bahsida serbiyalik Olga Danilovichga 7:6 (7:5), 3:6, 4:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi.  

U Australian Open musobaqasida besh yil ichida ilk bor o‘ynadi.

Uilyams shuningdek, rossiyalik Yekaterina Aleksandrova bilan juftlik razryadida ham qatnashadi, ularning  bahsi 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Aleksandrova ham birinchi davraning yakkalik razryadida mag‘lubiyatga uchragan.

Uilyams faoliyati davomida Melburnda yakkalik bahslarida ikki marta finalgacha borgan (2003, 2017 yillar), to‘rt marta juftlik bahslarida (2001, 2003, 2009, 2010 yillar) va bir marta mikstda (1998 yil) chempion bo‘lgan.

Mavzuga oid