Jahon | 07:25 / 19.01.2026
2670
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropadagi eng uzun quruqlik chegaralari: infografika

Yevropa davlatlarining quruqlik chegaralari uzunligi turlicha. Infografikada har bir Yevropa mamlakatida eng uzun quruqlik chegarasi qaysi davlat bilan kesishishi ko‘rsatilgan.

Foto: iStock

Germaniya Yevropaning eng katta mamlakati emas. Shunga qaramay, to‘rtta Yevropa davlati uchun eng uzun chegara aynan Germaniya bilan kuzatiladi. Bular — Daniya, Niderlandiya, Chexiya va Avstriya.

Rossiya bilan chegara Belarus, Ukraina va Finlandiya uchun eng uzun chegara hisoblanadi. Infografikaga Gurjiston kiritilmagan, ammo u yerda ham Rossiya bilan chegara uzundir.

Italiya bilan chegara uchta davlat uchun eng uzun chegara bo‘lib chiqdi, biroq bu davlatlarning ikkitasi Italiya hududi ichida joylashgan — Vatikan va San-Marino.

Kutilmagan holda, Fransiya uchun eng uzun chegara Braziliya bilan ekan. U Braziliyaning Amapa shtati hamda Fransuz Gvianasi orasida o‘tadi.

Rossiya uchun eng uzun chegara — Qozog‘iston bilan. Aytgancha, u dunyodagi eng uzun chegaralar reytingida ikkinchi o‘rinda turadi.

Dunyoning ayrim davlatlari o‘rtasidagi chegaralar minglab kilometrga cho‘zilgan. Infografikada davlatlar o‘rtasidagi eng uzun quruqlik chegaralari ko‘rgazmali tarzda ko‘rsatilgan.

Ayrim mamlakatlar Yevropa davlatlari hisoblanadi, ammo ularning quruqlik chegaralari yo‘q. Bunday mamlakatlar qatoriga Malta va Islandiya kiradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid