Jahon | 18:50 / 20.01.2026
3343
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada akulalar hujumidan keyin o‘nlab plyaj yopildi

Hodisalar qirg‘oqning turli qismlarida sodir bo‘lgan: Sidneyda va Sidney bilan Port-Makkvori o‘rtasidagi qirg‘oqda. Bir necha holatda syorferlar va cho‘milayotganlar jarohatlangan.

Foto: Reuters

Avstraliya hukumati Yangi Janubiy Uels shtatining sharqiy qirg‘og‘idagi o‘nlab plyajni, jumladan, Sidneydagi mashhur plyajlarni so‘nggi uch kun ichida akulalarning to‘rtta hujumidan keyin vaqtincha yopdi.

Hodisalar qirg‘oqning turli qismlarida sodir bo‘lgan: Sidneyda va Sidney bilan Port-Makkvori o‘rtasidagi qirg‘oqda. Bir necha holatda syorferlar va cho‘milayotganlar jarohatlangan: bir nafar katta yoshli kishi oyog‘idan jiddiy jarohat olgan, ikki kishi, jumladan, o‘smir og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan, yana bir bolaning syorfing taxtasini akula g‘ajib tashlagan, ammo u tirik qolgan.

Ushbu voqealar fonida Sidneydagi «Northern Beaches» hududidagi barcha plyaj qutqaruv xizmatlarining keyingi ogohlantirishlariga qadar yopildi. Rasmiylar dam oluvchilarni okeanda cho‘milishdan qaytarmoqda va basseynlarda suzish kabi muqobil variantlarni ko‘rib chiqishni tavsiya qilmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, akulalar faolligining kuchayishi yaqinda yog‘gan kuchli yomg‘irlar bilan bog‘liq bo‘lib, ular qirg‘oq suvlarini loyqalantirgan va chuchuk suvli hududlarga kira oladigan akulalar uchun yanada jozibador bo‘lgan. Bunday sharoitda ular ko‘pincha qirg‘oqqa yaqinroq keladi, bu esa odamlar bilan to‘qnashuv ehtimolini oshiradi.

Shtat qutqaruvchilari va politsiya vaziyatni kuzatishda davom etmoqda va Avstraliyada akula hujumlari kamdan-kam uchrashini aytmoqda, ammo hozirgi ob-havo sharoitida xavf kuchayishi haqida ogohlantirmoqda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid