Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Imkon Ventures'ning startaplarga investitsiyalari 9 mln dollardan oshdi
Startup Garage portfelidan joy olgan erta bosqichdagi ta’lim va moliyaviy texnologiyalar startaplariga Imkon Ventures tomonidan kiritilgan navbatdagi investitsiyalar natijasida, kompaniya portfelining umumiy qiymati 9 mln dollardan oshdi.
darstop.com bosh sahifasidan skrinshot
Investitsiya portfelidagi asosiy loyihalardan biri – 5 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan Darstop onlayn ta’lim platformasidir.
Darstop – AQShda ro‘yxatdan o‘tgan startap bo‘lib, unga o‘zbekistonlik dasturchi va pedagog Shuhrat Fayziyev asos solgan. Platforma butun dunyo bo‘ylab yashayotgan o‘zbek diasporasining ta’lim ehtiyojlarini qondirish hamda global miqyosda foydalanish mumkin bo‘lgan sifatli raqamli ta’lim infratuzilmasini yaratishni maqsad qilgan.
Darstop g‘oyasi Fayziyevda o‘z farzandi uchun yanada mazmunli va samarali ta’lim izlash jarayonida paydo bo‘lgan. Bu jarayon butun dunyo bo‘ylab diaspora oilalari uchun tizimli va qadriyatlarga asoslangan raqamli ta’limda bo‘shliq borligini ko‘rsatdi.
Platforma 3–4 oylik puxta ishlab chiqilgan o‘quv dasturlarini taklif etadi. Dasturlar jonli kichik guruh mashg‘ulotlari, sifatli yozib olingan darslar, uy vazifalari, loyiha ishlari va yakunda sertifikatlashni o‘z ichiga oladi. Darstop – kodlash, sun’iy intellekt, robototexnika asoslari, ingliz tili va madaniy rivojlanish yo‘nalishlarida tizimli o‘quv yo‘llarini taqdim etadi. Ta’lim jarayonida shaxsiy fazilatlarni shakllantirish, qadriyatlar tarbiyasi va muntazam rivojlanishni kuzatib borish muhim o‘rin tutadi; ota-onalar bilan doimiy aloqa va hisobotlar ta’minlanadi.
Qayd etilishicha, Imkon Ventures Darstop'ni “raqamli bolalik” davrida barqaror ko‘nikmalar va real natijalar beruvchi uzoq muddatli ta’lim infratuzilmasi sifatida ko‘radi.
“Men o‘z farzandimning ta’limidan qoniqmadim, — deydi Fayziyev. —Shuning uchun eng yaxshi o‘qituvchilarni topib, tizimli o‘quv tajribasini yaratishga kirishdim. Tez orada boshqa ota-onalar ham farzandlarini qo‘shishni so‘rashdi — Darstop shunday paydo bo‘ldi”.
Imkon Ventures quyidagi startaplarga ham sarmoya kiritdi:
- Haysam School — amaliy sun’iy intellekt, kreativ texnologiyalar va zamonaviy raqamli ko‘nikmalarga yo‘naltirilgan yangi avlod ta’lim platformasi;
- Karmon AI — shaxslar va jamoalarga maqsadlarni amaliy natijalarga aylantirishga yordam beruvchi sun’iy intellektga asoslangan moliyaviy mas’uliyat platformasi;
- Orif.ai — insonlar, kompaniyalar va institutlar uchun mo‘ljallangan, belgilangan siyosat va qoidalar doirasida majburiyatlarning bajarilishini ta’minlaydigan, mustaqil qaror qabul qilmaydigan agentik sun’iy intellekt platformasi;
- Asaxiy invest — 2021 yilda tashkil etilgan, shariatga muvofiq hamjamiyat investitsiya platformasi bo‘lib, ishonchli savdo ekotizimi orqali axloqiy investitsiyalar va bo‘lib-bo‘lib to‘lash asosidagi moliyaviy yechimlarga kirishni kengaytiradi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi UzVC Fund of Funds tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Imkon Ventures yaqin ikki yil ichida 25-30 ta startapga sarmoya kiritishni reja qilgan.
Mavzuga oid
07:34 / 16.01.2026
Dunyo texnoshousidagi yangiliklar: 7 ta g‘alati startap
15:02 / 11.12.2025
O‘zbek startaplarining katta kompaniyalarga aylanishiga nimalar to‘sqinlik qiladi?
19:51 / 04.12.2025
Energetika vazirligi yaratgani iddao qilingan mobil ilova xususiy tadbirkorga tegishli bo‘lib chiqdi
16:13 / 28.11.2025