O‘zbekiston | 08:40
9534
2 daqiqa o‘qiladi

«Metan zapravkalar» faoliyatiga yana vaqtincha cheklov kiritildi

Havo harorati pasayishi va tabiiy gazga talab oshishi ortidan ayrim hududlarda gaz quvurlarida bosim pasaymoqda. Shu munosabat bilan aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha obektlarini birinchi navbatda ta’minlash maqsadida «metan zapravkalar» ishiga vaqtincha cheklov joriy etildi.

Foto: Kun.uz 

Iste’molchilarni energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida energetika tizimi 24 soatlik kuchaytirilgan ish rejimida faoliyat yuritmoqda. Hududlarda ishlarning borishi doimiy nazoratda bo‘lib, yuzaga kelayotgan nosozliklar zudlik bilan bartaraf etilmoqda.

Havo haroratining keskin pasayishi sababli tabiiy gazga bo‘lgan talab oshgani bois ayrim hududlarda quvurlarda gaz bosimining pasayishi kuzatilmoqda. Aholi xonadonlari, tibbiyot va ta’lim muassasalarini birinchi navbatda tabiiy gaz bilan ta’minlash ustuvor vazifa hisoblanadi.

Shu sababli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari — «metan zapravkalar» faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritildi. Mazkur choralar faqat sovuq kunlarda aholi uchun barqaror ta’minotni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, vaziyat barqarorlashishi bilan cheklovlar bekor qilinadi. Hududlardagi vaziyatga qarab qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

Shu bilan birga, aholi ehtiyojlarini ta’minlash maqsadida ijtimoiy soha obektlariga xizmat ko‘rsatuvchi hamda jamoat transport vositalari uchun gaz ta’minoti cheklovlarsiz, barqaror tarzda ta’minlanadi. Ushbu yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan transport vositalarining uzluksiz ishlashi aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini saqlab qolishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mavzuga oid