O‘zbekiston | 17:54 / 20.01.2026
2428
1 daqiqa o‘qiladi

MIB qarzdorlarning telefoni bloklanishi mumkinligini rad etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan shu mazmundagi xabarlar feyk ekani aytildi.

Foto: Getty images

Ijro hujjatlariga asosan qarzi mavjud bo‘lgan shaxslarga tegishli mobil telefonlarning bloklanishi haqidagi xabarlar feyk hisoblanadi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi ma’lum qildi.

«Avvalo, fuqarolarimiz ijro hujjatlari bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorliklar va xorijga chiqish uchun bo‘lgan taqiq bor yoki yo‘qligi haqidagi ma’lumotlarni rasmiy sayt sahifalari yoki mobil telefon orqali bilishi mumkin. Buning uchun Majburiy ijro byurosining rasmiy mib.uz veb-sayti hamda mib.uz rasmiy Android yoki iOS mobil ilovalaridan foydalanishni tavsiya qilamiz. Asosiysi, yuzaga kelgan qarzdorlik hamda uni undirish bilan bog‘liq ijro harakatlari mobil yoki boshqa qurilmalarning ishlash jarayoniga ta’sir qilmaydi», deyiladi xabarda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid