Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 fevraldan professional tutingan oila xizmati joriy etiladi
2026 yil 1 fevraldan zo‘ravonlik natijasida oilasidan olingan, o‘z hayoti va sog‘lig‘iga tahdid mavjud bo‘lgan, shuningdek, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda qolgan bolalarni himoya qilish maqsadida professional tutingan oila xizmati yo‘lga qo‘yiladi.
Qonunchilikka muvofiq, mazkur tizim bolalarga vaqtinchalik xavfsiz muhit yaratish, ularni davlat muassasalariga joylashtirmasdan, oila muhitida parvarishlash va tarbiyalash imkonini beradi. Professional tutingan oilalar bolaning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, psixologik qo‘llab-quvvatlash, ta’lim va ijtimoiy moslashuvini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
Yangi mexanizm, avvalo, zo‘ravonlikka uchragan bolalar, oilasida qolishi xavfli bo‘lganlar, hamda ijtimoiy xavfli ahvoldagi bolalar uchun mo‘ljallangan. Bunda bolani muvaqqat joylashtirish, uning xavfsizligi va barqaror rivojlanishini ta’minlash asosiy maqsad qilib belgilangan.
Professional tutingan oila xizmati bolalarni institutsional muassasalarga joylashtirish holatlarini kamaytirishga, shuningdek, bolaning oila muhitida o‘sib-ulg‘ayishi uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.
Bu tashabbus bolalar huquqlarini himoya qilish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam sifatida baholanmoqda.
Mavzuga oid
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
16:20 / 29.04.2026
Denovda «Shakki» laqabli zo‘ravon bir yigitni urib o‘ldirgani aytilmoqda
17:40 / 25.04.2026
Samarqandda vasiy ayol qizaloqlarga zo‘ravonlik qildi
11:32 / 20.04.2026