Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun ayrim hududlarda kuchli shamol kuzatilishi mumkin
Bugun, 21 yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining ayrim joylarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi ehtimoli bor.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Kuchli shamol ayrim hududlarda chang-to‘zon ko‘tarilishi, ko‘rish masofasi pasayishi va yo‘l harakatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu munosabat bilan aholi va haydovchilardan ehtiyotkorlik choralariga qat’iy rioya qilish so‘ralmoqda.
Tavsiyalar:
- yengil konstruksiyali buyumlar, reklama bannerlari, tom qoplamalari va boshqa moslamalarni mustahkamlab qo‘yish;
- daraxtlar, elektr simlari, reklama shchitlari hamda eski inshootlar yonida uzoq turmaslik;
- avtomashinalarni daraxt ostiga va yengil konstruksiyalar yaqiniga qo‘ymaslik;
- yo‘lda masofani saqlash, keskin manyovrlardan tiyilish, yuqori tezlikda harakat qilmaslik.
Toshkent shahrida kunduzgi soatlarda havo asosan bulutli bo‘lishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
13:47 / 04.05.2026
Hafta davomida harorat ko‘tarilib boradi
18:37 / 02.05.2026
Farg‘ona va Surxondaryoda sel kuzatildi, Samarqandda ko‘chalarni suv bosdi
15:58 / 01.05.2026
Hafta oxirida harorat biroz pasayadi va yomg‘ir yog‘adi
11:52 / 27.04.2026