Jamiyat | 13:30
755
1 daqiqa o‘qiladi

Shayxontohur tumanida avtomobilda yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 21 yanvar kuni tungi soat 00:51 da Toshkent shahar Shayxontohur tumanida avtomobil yonayotgani haqida xabar tushib, yong‘in qisqa vaqt ichida bartaraf etildi.

Foto: FVV

Ma’lumotga ko‘ra, hodisa Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Alisher Navoiy ko‘chasi 22-uy oldida sodir bo‘lgan. Avtomobil yonayotgani to‘g‘risidagi xabar Toshkent shahar FVBBga soat 00:51 da kelib tushgan.

Shundan so‘ng qutqaruv texnikalari ko‘rsatilgan manzilga soat 00:54 da yetib borgan. Yong‘in soat 00:57 da o‘chirilgan.

Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.

Mavzuga oid