Ko‘chmas mulk | 11:19
659
2 daqiqa o‘qiladi

Hududlar kesimida ijara xizmatlari hajmi e’lon qilindi

2025 yilning yanvar–noyabr oylarida mamlakat bo‘yicha ijara xizmatlari hajmi 11,6 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19 foizga o‘sgan.

Foto: Kun.uz

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida ijara xizmatlari hajmi 11,6 trln so‘mni tashkil etdi. Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 19 foizga oshgan.

Hududlar kesimida ijara xizmatlari hajmi quyidagicha qayd etildi:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 425,3 mlrd so‘m;
  • Andijon viloyati – 693,8 mlrd so‘m;
  • Buxoro viloyati – 633,44 mlrd so‘m;
  • Jizzax viloyati – 235,7 mlrd so‘m;
  • Qashqadaryo viloyati – 644,9 mlrd so‘m;
  • Navoiy viloyati – 225,7 mlrd so‘m;
  • Namangan viloyati – 412,3 mlrd so‘m;
  • Samarqand viloyati – 1,2 trln so‘m;
  • Surxondaryo viloyati – 410,5 mlrd so‘m;
  • Sirdaryo viloyati – 178,3 mlrd so‘m;
  • Toshkent viloyati – 1,3 trln so‘m;
  • Farg‘ona viloyati – 817,8 mlrd so‘m;
  • Xorazm viloyati – 291 mlrd so‘m;
  • Toshkent shahri – 4 trln so‘m.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hududlar orasida ijara xizmatlari hajmi eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilgan.

Mavzuga oid